22:45 / 18.01.2018
13 960

Xonzoda Mehmet va Nihonning ishdagi ishqi

Xonzoda Mehmet va Nihonning ishdagi ishqi
Turk kinematografiyasining eng yorqin va munosib juftligi, deya tilga olinadigan Kodir Dogulu va Neslixan Atagul nafaqat turli obrazlarni mahorat bilan ijro etishi, balki maftunkor ko‘rinishi, chiroyli hulqi bilan ham muxlislar ko‘nglidan joy oilshgan. Ceriallar orqali o‘zbek kinomuxlislariga yaxshi tanish bo‘lib qolgan bu ikki aktyorning ijod yo‘li va muhabbat tarixiga nazar solamiz.

Kadir Dogulu

Kadir Dogulu 1982 yil Turkiyaning Mersin shaharchasida dunyoga kelgan. Oilada Kadirdan tashqari to‘rt farzand bo‘lgan. Ota-onasi ularni bekamu ko‘st voyaga yetkazish uchun ko‘p ishlashgan. “Esimni tanibmanki, ota-onam mehnat qilishadi. Ular bizni ham shunday tarbiyalashdi. Hayotda uchraydigan qiyinchiliklardan ko‘rqmay, mehnat qilishdan charchamaganman” deydi, aktyorning o‘zi. Bo‘lajak aktyor, bolaligidan oshpaz bo‘lishni istardi, san’at haqida, hatto o‘ylamagandi ham. 17 yoshda Anqaraga ishlash uchun otlanar ekan, hayotini orzusidagi soha bilan bog‘lashni maqsad qilgandi. Biroq katta shahar va undagi insonlar uni umuman boshqa yo‘lga boshlashdi. U bitta fotosessiyada ishtirok etib, bu sohaga butunlay bog‘lanib qoldi. Ya’ni modellik orqali Kadir kino olamiga yaqinlashib boraverdi. U o‘zining ilk roli 2010 yil “Kichik sirlar” filmida ijro etadi.

Neslixon Atagul

Neslixan Atagul 1992 yil Istanbul shahrida tug‘ilgan. Oddiy ishchi oilasining qizi bo‘lgan Neslixonni bu sohaga boshlagan inson — onasi. Uy bekasi qizining model bo‘lishini orzu qilib, suratlarini turli reklama agentliklariga yuborardi. Uning bu urinishlari zoye ketmadi, Neslixon 14 yoshda Turkiyaning mashhur mahsulotlari reklamalarida faol ishtirok eta boshladi. Oradan ko‘p o‘tmay rejissyorlarning ham nazariga tushdi va “Birinchi muhabbat” kartinasida ilk rolini ijro etdi. Aynan shu roli uchun xalqaro kinofestevallarda yangi yosh iqtidor sifatida e’tirof ham etiladi.

IShDAGI IShQ

O‘zbek tomoshabiniga Kadir Dogulu “Muhtasham yuz yil: Ko‘sem Sulton” serialidagi xonzoda Mehmet roli bilan, Neslixan Atagul esa “Sevgi iztirobi” serialidagi Nihan obrazi orqali juda yaxshi tanish. Hayotda esa “Istanbulning ikki yuzi” mashhur turk seriallining tasvirga olish jarayonida tanishgan bu ikki ijodkor bir-biriga ko‘ngil qo‘yib, o‘tgan yili oila qurishdi. Keling, yaxshisi bu — “ishdagi ishq” voqeasini bir boshidan so‘zlab beramiz.

“Istanbulning ikki yuzi” serialida ular sevishganlar obrazini gavdalantirishdiyu, ekrandagi muhabbat hayotga ham ko‘chdi. 2015 yilning kuzida Kadir sevgilisiga oila qurish taklifini bildiradi.

“Neslixonga bo‘lgan tuyg‘ularimni bir ko‘rishdagi muhabbat, deb bo‘lmaydi. Serialning suratga olish jarayonida ishlab, uning naqadar samimiy va yaxshi inson ekanini anglaganman. Keyinchalik esa bu tuyg‘u sevgiga aylandi. U hayotda quvnoq va ta’sirchan qiz. Yaqinlari va do‘stlarini juda yaxshi ko‘radi. Buni yaxshi bilganim uchun oila qurish taklifini ham aynan ularning ko‘z o‘ngida bildirganman”, — deydi Kadir Dogulu turk saytlaridan biriga bergan intervyusida.

Aktyor sevgilisiga “syurpriz” qilish niyatida uning yaqinlari bilan kelishib, Neslixondan yashirin tarzda uyning har yeriga turli harflarni joylashtirib chiqqan. Harflarning jamlamasidan esa “Menga turmushga chiqasanmi?” taklifi paydo bo‘lgandi. Aktrisa bu “boshqotirmani” yechayotgan bir vaqtda esa bo‘lajak turmush o‘rtog‘i va barcha yaqinlari uni hovlidagi bog‘da qarshi olishadi. Shu tarzda ikki ijodkor o‘z munosabatlarini bir umrga yodda qoladigan tarzda tarixga muhrlagan. 2016 yil 8 iyulda esa Turkiyaning mashhur mehmonxonalaridan birida to‘y marosimi o‘tkazildi.

To‘ydan so‘ng aksariyat aktrisalardan farqli o‘laroq Neslixon erining familiyasiga o‘tdi.
Neslixon Kadirni jondan ortiq sevishini yashirmaydi, Qodirning ham muhabbati chin ekaniga shubha yo‘q.

To‘y haqida faktlar:

Kadir va Neslixoning visol oqshomida 200 ga yaqin yaqinlari ishtirok etgan.
Kuyov bilan kelin shunchalik mashhur ediki, to‘y suratini nikoh bazmi kechasining o‘zidayoq ikki milliondan ortiq kishi tomosha qilgan.
Aliya tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonzoda Mehmet va Nihonning ishdagi ishqi