19:31 / 20.01.2018
8 908

"Ayolimga"

"Аёлимга"
Beg‘uborim, pokizam mening,
Dilxumorim, jonim erkasi.
Parilarga andozam mening,
Xonadonim, ko‘nglim bekasi.

Senga doim ilindim – malol,
Malollarim dastalar bo‘ldi.
Meni deya, ey umri halol!
Sog‘ jonlaring xastalar bo‘ldi.

Tildi goho dilingni bo‘hton,
Sening tomon bo‘la olmadim.
«Bor qilmoqchi bo‘ldilar yo‘qdan»,
Haqiqatni ko‘ra olmadim.

Kechir gulim ranjitganlarim,
Ozorlarim joningdan o‘tgan…
Yodimda ko‘p kechikkanlarim,
Senchi?
Faqat kutganing – kutgan.

Shunda ham bir so‘z demaysan-a?
Nolimoqlik sen uchun orday.
Menchi?
Shirin so‘zim qizg‘onib –
Bir erkalab qo‘ymadim, borday!

Bas, iqrorman, bo‘ldim tubanroq,
Keting desang xafa bo‘lmayman.
Lek azizam, ko‘zlari munchoq,
Endi seni xafa qilmayman!!!
Sirojiddin ASQAROV

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Ayolimga"