19:02 / 23.01.2018
10 392

40 yosh ostonasidagi Rayhon: “Sizda oila yo‘qmi, demak, hech narsangiz yo‘q”

40 yosh ostonasidagi Rayhon: “Sizda oila yo‘qmi, demak, hech narsangiz yo‘q”
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ijtimoiy tarmoqlarda faol. U ham tengqulari kabi hayotning qadriga yetish borasida o‘z fikr va mulohazalarini tarmoqdagi sahifalariga yozib qoldirmoqda.

Avvalroq, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldoshevaning ochiq-sochiq liboslardan tiyilgani, san’atkor ma’naviyatni targ‘ib qilishi kerakligi haqidagi gaplarini e’tiboringingizga havola etgan edik.

Kuni kecha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga kelin ko‘ylagida tushgan suratini joylashtirib, shunday yozadi:

“Oila – bu dunyodagi jamiyki bor narsalardan eng muhimi. Sizda oila yo‘qmi, demak, hech narsangiz yo‘q. Oila – butun umrimizning eng mustahkam bandi”.

40 yoshni qarshilash arafasidagi Rayhonning oila borasidagi qarashi kecha va bugun bir-biriga mutanosibmidi yoki yo‘q, bunisi bizga qorong‘u.

Eslatib o‘tamiz, xonanda sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan bilan ajrashib, 2016 yilning noyabr oyida teleboshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 40 yosh ostonasidagi Rayhon: “Sizda oila yo‘qmi, demak, hech narsangiz yo‘q”