23:20 / 05.02.2018
5 556

Millatni g‘urursiz qilib ko‘rsatishga hech kimning haqqi yo‘q

Millatni g‘urursiz qilib ko‘rsatishga hech kimning haqqi yo‘q
Kecha «Kulba» degan kino qo‘yishdi. Qariyalar uyi haqida ekan. Ming afsus, ko‘rganimga pushaymon yedim. Chunki ko‘rib ichimda olovli bir vulqon paydo bo‘ldi. Haliyam o‘chgani yo‘q. Gapni cho‘zmay.

Xullas, 10 yoshlardagi bola adasiga «menga doda olib kelib bering», deydi. Ular birgalashib qariyalar uyiga bordi.

Qariyalar uyida 10 dan ortiq nuroniylar qator bo‘lib turishibdi (rejissyor atay shunday turinglar degani aniq). Tirrancha esa 70-80 yoshli chollarga birma-bir qarab chiqadi. Qay birini tanlasam ekan-a degancha. Ko‘rsangiz edi, xayolingizga bu nuroniy chollar o‘zini bozorga solyaptimi degan fikr kelishi aniq. Chunki bu vaziyat sun’iy o‘ylab topilgan, yasalgan. Soxta. Savol tug‘iladi: bu chollarda g‘urur yo‘qmi?

Menimcha, savolni boshqacha qo‘yish kerak: rejissyorda vijdon bormi? Siz nima derdingiz?
Nozim AShURALIYeV

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Millatni g‘urursiz qilib ko‘rsatishga hech kimning haqqi yo‘q