11 987
Xazal Filiz: “Zaynab menga shuhratparastlik va tirishqoqlik o‘rtasidagi farqni anglatdi”
“Sevgi iztiroblari” serialida tomoshabin nafratini uyg‘otgan yana bir qahramon bu Amirni telbalarcha sevib qolgan Zaynab. Mazkur rolni turk atrisasi Xazal Filiz maromiga yetkazib ijro etgan...
— Sizga mashhurlik olib kelgan “Sevgi iztirobi” serialining hayotingizda tutgan o‘rni qanday?
— Avvalgi loyihalar tajriba vazifasini o‘tagan. “Sevgi iztirobi”dan esa zavq oldim. O‘z ishimni a’lo darajada bajarishga intilaman. Qahramonim mudroq ishonchimni uyg‘otdi. Zaynab menga shuhratparastlik va tirishqoqlik o‘rtasidagi faqrni anglatdi. Zaynab nafsoniyati kuchli qiz, qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da maqsadiga erishishni istaydi, kimdir ozorlanishi uni o‘ylantirmaydi.
— Zaynabning taqdiri qanday kechadi?
— Qaysi toshni ko‘tarmang Zaynab chiqib keladi. U maqsad sari intiluvchan va boy personaj, ssenariyni o‘qib, juda hayratlangandim. Zaynab o‘zgaradi, deb o‘ylagandim, biroq unga hamma narsa muhim... Biroq qahramonimni kuzata turib, yomon qizning yaxshi taraflarini ko‘rishingiz mumkin.
— Qahramoningiz telbalarcha sevib qolganmi?
— Sevgi Zaynab hayotining bir qismini egallab olgan, lekin vazminlikni qo‘ldan boy bermagan. Hech nimaga qaramay, hissiyotlari boshqargan yo‘ldan borgan vaqtlari ham bo‘lgan. Keyin uning hayotida har bir holatning o‘z mazmuni bo‘lganini angladim. Ortga nazar tashlab, “yaxshiyam shu yo‘lni bosib o‘tdim”, deganman. Sira “agar bunday bo‘lmaganida-chi?” degan savolga o‘rin qolmagan...
— Qahramoningiz singari siz ham maqsadingiz yo‘lida har qanday ishga tayyormisiz?
— Gohida istagingga erishish uchun nimadandir kechib, tanlov qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Biroq to‘g‘ri yo‘ldan borish tarafdoriman.
FAKT:
*Xazal Filiz 1988 yilning 9 fevralida Turkiyaning Mersin shahrida tug‘ilgan.
*Otasi temiryo‘l sohasida ishlagan, onasi uy bekasi.
*Faoliyatini modellikdan boshlagan. So‘ng aktyorlik kurslarida tahsil olib, 2009 yil “Deniz Yıldızı” serialidagi ishtiroki bilan kino olamiga qadam qo‘ygan.
*Kitob o‘qishni kanda qilmaydi. “Kitob menga aktyorlikni o‘rgatadi”, deydi aktrisa.
*Instagramdagi shahsiy sahifasi: @hazalfilizkucukkose
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi
Manba: darakchi.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?