Ayni kunlarda Kinematografiyani rivojlantirish markazi rejissyor Muxlisa Azizova (rejissyorning “U” qisqa metrajli filmi Kann, Kipr, Yevraziya va boshqa nufuzli xalqaro kinofestivallarda namoyish etilgan)ning yangi “Skorpion” nomli to‘liq metrajli badiiy filmini suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
2018 yilning may oyida Kann xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekistonning milliy paviloni tashkil etiladi. Unda mamlakat milliy kinematografiyasi taqdimoti o‘tkazilib, milliy filmlarning xorijiy mamlakatlar bo‘ylab tarqatilishi, turli davlatlardagi kinochilar bilan o‘zaro hamkorlikda filmlar suratga olish ishlari muhokama etiladi.
“Skorpion” filmining taqdimoti ham aynan mana shu tadbir mobaynida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Kartina o‘zbek milliy kino industriyasini rivojlantirish uchun o‘ta muhim hisoblanib, mamlakat zamonaviy kinematografiyasida yangi qadam bo‘lishi kutilmoqda. Filmni ishlab chiqarish uchun atoqli kino namoyondalaridan iborat xalqaro guruh tuzilgan bo‘lib, birinchi kino ekspeditsiyasi Marokkoda tashkil etiladi.
Filmda bugungi kunda butun dunyo mamlakatlarini tashvishga solayotgan xalqaro terrorizmning dolzarb muammo ekani ilgari suriladi.
Film mavzusining xalqaro miqyosda ham o‘ta dolzarbligini inobatga olgan holda unga xorijiy mutaxassislarni ham jalb etish maqsad qilingan.
Jumladan, film operatori Mark Tsui Germaniyadan taklif etilgan. Filmdagi asosiy qahramonlardan biriniesa rossiyalik mashhur aktyor Dmitriy Dyujev ijro etadi.
Ayni paytda o‘zbek teletomoshabinlarga juda yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Okan Yalabik bilan muzokaralar olib borilayapti.
Mazkur film O‘zbekiston yoshlarining bosh tashkiloti hisoblangan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Yosh kinoijodkorlar kengashi yordami bilan suratga olinayapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?