16:25 / 11.02.2018
5 229

«O‘zbekkonsert»: Endi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasi baholanadi

«O‘zbekkonsert»: Endi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasi baholanadi
«O‘zbekkonsert» qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy Kengashining xulosasini olish tartibiga eslatmani e’lon qildi.

Eslatmada ta’kidlanishicha, kliplarda umuminsoniy va milliy madaniyatga zid bo‘lgan, nojoiz hatti-harakatlar, turli g‘oyaviy tahdidlar aks etmasligi lozim. Jumladan:
• giyohvandlik, spirtli ichimliklar targ‘iboti;
• qonli, terroristik hatti-xarakatlarni targ‘ib qiluvchi, urush va qo‘poruvchilikka mayl uyg‘otuvchi tasvirlar;
• dinlar va millatlar aro nifoq, ziddiyat uyg‘otuvchi unsurlar;
• davlat ramzlari (gerb, bayroq, Prezident) tasviridan nojoiz, noo‘rin foydalanish;
• turli firma, kompaniyalar hamda ularning mahsulotlarini oshkora va yashirin reklama qilish;
• yotoqxona va boshqa xosxonalarda xonandalarning yonboshlab, o‘zbekona odob qoidalariga zid holatda qo‘shiq kuylashi;
• ommaviy madaniyatga xos tarzda ochiq-sochiq, yirtiq-yamoq, yarim-yalang‘och kiyinish holatlari;
• shahvoniy hirs va behayolikni, yengil-yelpi hayotni targ‘ib qiluvchi ohang va tasvirlar;
• tana a’zolariga tushirilgan turli tatuirovka va "naqsh"larni ko‘rsatish;
• erkak xonandalarning ayollar kabi kiyinishi, bezanishi, aytaylik, har xil ziraklar taqishi va shunga o‘xshash nomunosib holatlar;
• qo‘shiq matni va mazmuniga hech qanday aloqasiz ravishda, faqat qimmatbaho mashinalaru qasrday uylarni, yarashiqsiz zebu ziynatlarni ko‘rsatib ko‘z-ko‘z qilish;
• muqaddas qadamjolar, tabarruk yodgorliklar, qutlug‘ merosimizga nisbatan hurmatsizlik qilingan holatlar;
• o‘zbekona urf-odatlarimizga yot, o‘rinsiz va beo‘xshov harakatlar.

Qayd etilishicha, qo‘shiq matnidan kelib chiqqan holda foydalanilgan, ezgu g‘oyalar targ‘ibotiga xizmat qiluvchi salbiy obraz va holatlar, agar maqsad amalga oshgan bo‘lsa, Kengash tomonidan rad etilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «O‘zbekkonsert»: Endi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasi baholanadi