22:05 / 12.02.2018
19 401

Munisa Rizayeva muxlislariga: "Sizlarning hurmatingiz men uchun bir tiyin!"

Муниса Ризаева мухлисларига: "Сизларнинг ҳурматингиз мен учун бир тийин!"
Xabaringiz bor Instagram ijtimoiy tarmog‘i juda ommalashgan, ayniqsa san’atkorlar orasida. Munisa Rizayeva ham internetdan faol foydalanadigan xonandalar qatoriga kiradi. Instagram sahifasida “Jonli efir”da suhbatlashish imkoniyati ham bor bo‘lib, bir necha kun avval Munisa Rizayeva muxlisasi(muxlisi) bilan aloqaga chiqadi. Bu muxlis Rossiyada istiqomat qilib, jinsini o‘zgartirgani (transvestit) tufayli ham O‘zbekistonda ancha-muncha insonlarning g‘azabiga uchraganini kimdir biladi, kimdir yo‘q.

Xullas xonanda “jonli efir” vaqtida bu odam bilan do‘stona suhbat qurgani, tabiiyki uning muxlislariga yoqmaydi. Va juda ko‘pchilik “Munisa bu odam bilan gaplashmang”, “Uni jonli efirdan yo‘qoting”, “Hurmatim baland edi sizga, yonimizda hurmatingizni yo‘qotyapsiz” qabilidagi fikrlarni yozib qoldirishgan. Ularga javoban esa Munisa Rizayeva: “Menga bunday hurmatning keragi yo‘q, bir tiyin” deya asabiy javob qaytargan.

Biz ushbu videoni saytga joylashtira olmadik. Sababi allaqanday jinsini o‘zgartirgan, Yaratgan in’om etgan tabiat va xilqatni o‘zgartirishga uringan insonni reklama qilishni istamaymiz. Munisa Rizayevaning muxlislariga qarata “Bir tiyin” degan gapinigina oydinlashtirishni xohladik, xolos.

Xonandaning administratori bilan bog‘langanimizda, u bu holatga montaj deya baho berdi. “Munisa muxlislarini hurmat qiladi. Tarqalib ketgan video shunchaki ba’zi qismlari kesib, qayta ulangan montaj. Qolaversa Munisa o‘sha Jasmina bilan hech qanday do‘st emas.”

Munisa Rizayeva muxlislaridan uzr so‘radi, intervyuda masalaga oydinlik kiritib muxlisini shunchaki himoya qilganini ham aytib o‘tdi.

Ammo bir narsaning keragi yo‘q edi: Jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotgan, millionlab odamlarning nafratiga sababchi bo‘lib, Alloh bergan jinsdan tongan erkak(ayol) kim ekanidan qat’iy nazar, u bilan ming yillik qadrdonlarday xalq ko‘z oldida suhbat qurish!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayeva muxlislariga: "Sizlarning hurmatingiz men uchun bir tiyin!"