11:50 / 13.02.2018
12 712

Shahzoda Muhammedovaning to‘yi bo‘lyaptimi yoki bu navbatdagi orzu?

Shahzoda Muhammedovaning to‘yi bo‘lyaptimi yoki bu navbatdagi orzu?
Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova so‘nggi paytlarda nima bilan band? Aktrisa shaxsiy sahifasi orqali xonadonini ta’mirlashga kirishgani to‘g‘risida xabar bergan edi. Ta’mir ishlari tugashi bilan Shahzoda navbatdagi «syurpriz»ini muxlislariga taqdim etdi. U tarmoqdagi sahifasiga xonadonida to‘y marosimi uchun hozirlik ishlari jarayoni suratlarini joylashtirdi.

Patir nonlar, oppoq dasturxon, shirinliklaru chiroyli bezatilgan qutilar fotiha to‘yi urf-odatlaridan darak berib turibdi. Atrisaning o‘zi mazkur suratlar ostiga «Alhamdulillah, Ollohga shukur????» deya izoh qoldirgan. Kuzatuvchilari aktrisani to‘yi bo‘layotgani bilan tinimsiz tabriklamoqda.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida aktrisaning ma’muri bilan bog‘landik. Ma’mur aktrisaning shaxsiy hayotida o‘zgarish kutilmayotganini ma’lum qildi. Demak, bu Shahzoda Muhammedovaning navbatdagi «PIAR»i bo‘lishi mumkin.

Voqealar rivojini saytimizda kuzatib boring.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Muhammedovaning to‘yi bo‘lyaptimi yoki bu navbatdagi orzu?