11:55 / 16.02.2018
13 488

"Ichkarida"gi Eylam — Damla Jolbay

"Ичкарида"ги Эйлам — Дамла Жолбай
“Ichkarida” nomli turk seriali ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olib ulgurdi. Shunday ekan serialda rol ijro etgan aktyorlarining hayoti ham ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Cerialning bosh qahramonlari bilan tanishtirgan edik. Bugun ham ushbu serialda rol ijro etgan boshqa aktyorlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Bolalik
Damla Jolbay — 1993 yil 14 yanvar kuni Izmirda tug‘ilgan. “U san’atga bolalikdan qiziqadi. Maktabda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol edi. Sahnalashtiriladigan spektakllarda asosan bosh rollarini ijro etardi” , -deydi Damlaning onasi Jolbay xonim. Ulg‘aygach u hech ikkilanmay Dokuz Eylul nomidagi universitetining tasviriy san’at bo‘limiga o‘qishga kirdi. Aktrisa shu yo‘nalish bo‘yicha magistraturani ham tamomlagan.

Kinoga ilk qadam

“Hayotdagi hech narsa shunchaki sodir bo‘lmasligiga bir necha bor amin bo‘lganman. Masalan, men oddiy tomoshabin sifatida televideniyega borib bu olamga bog‘lanib qolganman” deydi aktrisaning o‘zi. Gap shundaki, u universitetning ikkinchi bosqichida, teleshouda ishtirok etib, taniqli rejissyor nazariga tushgan.

Aktrisa o‘zining birinchi rolini “Nopok pullar va ishq” serialida ikkinchi darajali Demet rolini gavdalantirgan. 2015 yil esa “Hayot mo‘’jizalarga boy” serialining bosh roliga taklif etishadi. Aynan shu serialda Inji rolini ijro etib, aktrisa ancha tilga tushganini intervyularida ko‘p bora tilga oladi. “Inji menga haqiqiy mashhurlikni bergan. Hayotdagi xarakterimga mos bo‘lgan rolni o‘zim ham maroq bilan ijro etanman, bu esa ekranlarda sezilgan” deydi u. 2016 yilda esa u navbatdagi muvaffaqiyatli shartnomani imzoladi. Damla “Ichkarida” serialidagi Eylam roli bilan boshqa davlatlardan ham muxlislar orttirdi. Damla serialda aktyor Aras Bulut Iynemlining sevgilisi rolini o‘ynagan. Aytib o‘tish joizki, “Ichkarida” seriali 2016 yilning eng reytingi baland seriallaridan biri hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Ichkarida"gi Eylam — Damla Jolbay