Ko‘k taftiga bo‘ylamoqni
Minorlardan o‘rgandim,
Mangulikni o‘ylamoqni
Chinorlardan o‘rgandim.
Bag‘ri dilim qonga to‘lsa,
Tishlarimni jim bosdim,
Dardlarimni jamlamoqni
Anorlardan o‘rgandim.
Ummonlarga ko‘milgan dur
Shuvillaydi, bilmaymiz,
Har sirini fosh etmakni
Anhorlardan o‘rgandim.
Zulmatlarda qolsam hamki
Tongni kutdim sog‘inib,
Gullamakni qishni yenggan
Bahorlardan o‘rgandim.
Dard qo‘zg‘asa, tabiblarga
Bormakdin chora qayda –
Salomatlik sirlarini
Bemorlardan o‘rgandim.
Yulduzlarning raqsin ko‘rmas
Tun qo‘ynida uxlar zot,
Tavajjuh ruhiyatini
Bedorlardan o‘rgandim.
Xayrullo der, baxt o‘tkinchi,
Sinovlar dars berguvchi,
Shodlikka eltar saboqni
Ozorlardan o‘rgandim.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?