22:10 / 20.02.2018
4 779

Bu yil “Oskar” kimga nasib etadi?

Bu yil “Oskar” kimga nasib etadi?
AQSH kinoakademiyasi a’zolari nufuzli “Oskar” kinomukofotining g‘oliblari uchun ovoz berishni seshanba kuni boshlashadi. Taqdirlash marosimi 4 mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

“Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha asosiy mukofotga 9 ta kinokartina: “Yo‘qol!”, “Ledi Byord”, “Missurining Ebbingidagi chegarada uch bilbord”, “Zulmat zamonasi”, “Suv shakli”, “Xayoliy rishta”, “Meni o‘z ismi bilan chaqir”, “Dyunkerk” va “Mahfiy ma’lumotlar” kurash olib boradi.

“Dyunkerk”

“Suv shakli”

“Yo‘qol!”

“Eng yaxshi aktrisa”ga esa Salli Xokins (“Suv shakli”), Margo Robbi (“Tonya barchaga qarshi”), Sirsha Ronan (“Ledi Byord”), Meril Strip (“Mahfiy ma’lumotlar”) va Frensis Makdormand (“Missurining Ebbingidagi chegarada uch bilbord”) nomzodlari qo‘yilgan.

“Eng yaxshi aktyor” bo‘yicha “Oskar” esa Geri Oldman (“Zulmat zamonasi”), Timoti Chalamet (“Meni o‘z ismi bilan chaqir“), Deniyel Kaluya (“Yo‘qol!”), Deniyel Dey-Lyuis (“Xayoliy rishta”) va Denzel Vashington (“Roman Izrael, Esq.”)lardan biri g‘olib bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bu yil “Oskar” kimga nasib etadi?