19:20 / 21.02.2018
5 467

Bo‘yi 3 metr bo‘lgan bo‘lgan “erkak” kinoteatrga tashrif buyurganlarni hayratga soldi (video)

Bo‘yi 3 metr bo‘lgan bo‘lgan “erkak” kinoteatrga tashrif buyurganlarni hayratga soldi (video)
Amerikalik bolalar kinoteatrlardan birida namoyish etilayotgan “Qora pantera” filmiga tushish uchun chiptani tejash maqsadida ayyorlik qilishdi.

Bolalar bitta chipta bilan ikki kishi kinoga kirish uchun bo‘yi uch metr bo‘lgan erkak qiyofasiga kirishdi. Ulardan biri ikkinchisining yelkasiga chiqib, ustiga uzun plash kiyib oldi va go‘yoki “ayyorliklarini yashirishdi”. Mazkur voqeani ulardan biri mobil telefon orqali VIDЕOga oldi.

Kinoteatrga tashrif buyurgan odamlar buni darrov sezib qolib, o‘zlarini kulgidan to‘xtata olishmadi. Chiptachi ham buni darrov sezib qoldi va do‘stining yelkasiga chiqib olgan bolaning yerga tushishini talab qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bo‘yi 3 metr bo‘lgan bo‘lgan “erkak” kinoteatrga tashrif buyurganlarni hayratga soldi (video)