7 822
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon oldida qaysi san’atkorlar kuylashi ma’lum qilindi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega birinchi davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalarining “Do‘stlik oqshomi” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etiladi. Tojik OAVning xabariga ko‘ra, prezidentlar uchun Yulduz Usmonova kuylaydi, deb yozadi Sputnik nashri.
Xabarda aytilishicha, konsert 9 mart kuni “Ko‘hi Borbad” kinokonsert majmuasida bo‘lib o‘tadi. Konsertda o‘zbekistonlik san’atkorlardan shuningdek, Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov chiqish qiladi. Tojikistondan Davlatmand Xolov, Nigina Amonqulova, opera qo‘shiqchisi Rustam Duloyevlar sahnaga chiqishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga ilk davlat tashrifi 9-10 mart kunlariga mo‘ljallangan. Tashrif arafasida Dushanbeda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi