17:20 / 01.03.2018
24 457

Sitora Alimjonova to‘yi bilan bog‘liq mashmashaga chek qo‘ydi! (video)

Sitora Alimjonova to‘yi bilan bog‘liq mashmashaga chek qo‘ydi! (video)
Shok.uz nashri to‘yi mish-mishlarga sabab bo‘lgan Sitora Alimjonova bilan eng mayda masalalargacha aniqlashtirilgan suhbatni e’lon qildi. Mazkur suhbat matnini quyida keltiramiz.

– Befoyda, baribir yana aldov, yolg‘on bo‘ladi… Setora Alimjonova yana savollarga yolg‘on javob beradimi?
– Yolg‘on bo‘lmagan hech qachon. Lekin intervyu degani bu ichingdagi hamma gapni ochib tashlash, dardingni dasturxon qilish degani emas-ku. Tergov ham emas intervyu. To‘g‘rimi?

– O‘tgan intervyuda to‘yingizdan olingan rasmlar, videolar, turmush o‘rtog‘ingizning suratini yuborishga va’da qilgan edingiz. Qani o‘sha va’da?
– Bunday deganim esimda yo‘q… To‘y videolarini, suratlarini marosim xorijda bo‘lgani uchun hali qo‘lga olganimiz ham yo‘q. Chunki organizatorlar u yog‘dan-da, Malayziya, yo‘g‘ye, Taylanddan. Tashkilotchilar to‘y albomini hali jo‘natishgani yo‘q. Har doim so‘raymiz, avval montajda deyishdi, keyin men ham o‘zim bilan bo‘lib qoldim…

– O‘tgan intervyuda aytgandi “falonchi yil yigitga turmushga chiqyapman” deb. Lekin rasmlarda boshqacha ekan, – deyishyapti…
– Rasmini ko‘rmagan-ku hech kim.

– Aytgancha, rasm tarqaldiku. Cholga tegdi, deyishyapti…
– Ha, to‘g‘ri, qirq yoshliga tegdi deyishyapti, yetmish yoshliga tegdi deyishyapti.

– Siz shunga nima deysiz?
– Yo‘q, yaxshi, o‘zimni tengim…

– Bir ayol paydo bo‘ldi va shu gap-so‘zlar tarqaldi. O‘sha ayol o‘zi bormi?
– Endi, u ayol bo‘lganida men bunaqa bo‘lib yurgan bo‘lmasdim birinchidan… Yomonlik qilganga sen yaxshilik bilan javob qaytar, o‘shanda yomonlik qilgan o‘sha odamni vijdoni qiynalib, o‘zi ichini yeb ketadi. Endi bu ishni qilganlarni bilamiz kimligini…

– Ayting, kim u, biz ham bilaylik, muxlislar bilishsin…
– O‘zimizni sohadan, san’at sohasidan. Bittamas ular, ikkita. Qachondan beri o‘ylab, tayyorgarlik ko‘rib qilingan bu ish. Huddi kinoga ssenariy yozgandek yozilgan hammasi.

– Nega u aynan sizga shunday qilgan? Urishib qolgandirsiz yoki sizdan pul talab qilgandir… Orangizda nimadir bo‘lganmi o‘sha odamlar bilan?
– Men odamlar bilan urishib ham o‘tirmayman, shunchaki ketaman odamlardan. Xudoning oldida javob berishdan qo‘rqmay shu ishlarni qildimi, xalq oldida loyga chapladimi, men oldiga borganim bilan menga javob bermaydi u. Xudodan qo‘rqmagan odam qanday qilib bandasidan qo‘rqadi?.. Men shunchaki uni Xudoga soldim.

– Instagramga nega kam kiryapsiz?
– Agar inson baxtli bo‘lsa, boshqa narsalarga vaqti bo‘lmas ekan, – desam… Hazillashdim. Imkoniyatim bo‘lganida kiryapman. Yaxshi kirib turibman shekilli.

– Ashula aytishni istamaysizmi? Harxolda, homiyingiz bor hozir endi, turmush o‘rtog‘ingiz bor, yaxshi kliplar qilib beradilar.
– Yo‘q, turmush o‘rtog‘im oddiy inson, unaqa homiylik qiladigan darajadagi insonmas.

– Turmush o‘rtog‘ingiz bilan tushgan rasmni nega qo‘ymayapsiz Instagramga?
– Bu gapni hamma aytadi… Meni akam bor, dadam borlar. Ular rasmga tushishni istashmaydi. Shunga o‘xshab, turmush o‘rtog‘im ham rasmlarini ko‘rsatishimni istamaydi.

– Turmush o‘rtog‘ini endi bir umr berkitadimi, deyishibdi bir savolda.
– Yo‘q, nega? Ko‘chada birga yurganimizda ko‘rishyapti. Qayerlargadir borsak ko‘rishadi odamlar. Berkitib yurganim yo‘q. Faqat rasmini ko‘rsatmayman, xolos…

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sitora Alimjonova to‘yi bilan bog‘liq mashmashaga chek qo‘ydi! (video)