09:22 / 06.03.2018
6 557

“Scorpion” filmida mashhur turk aktyori suratga tushadi

"Scorpion" фильмида машҳур турк актёри суратга тушади
“Osiyo” serialidagi Demir roli bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur turk aktyori Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning “Scorpion” filmida suratga tushadi, deb yozadi “Darakchi” nashri.

Bugun Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi hamda film prodyuseri Oybek Abdushukurov Murat bilan Istambul shahrida shartnoma imzoladi.

Murat Yildirim 1979 yilda Turkiyaning tarixiy Konya shahrida tug‘ilgan. “Buyok yolg‘on” (2004), “To‘fon” (2006), “Osiyo” (2007-2009), “Ishq va jazo” (2010), “Tun qirolichasi” (2016) seriallaridagi rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Shuningdek, aktyor ishtirokidagi “Adabiy ishq”, “Sukut” va boshqa filmlar katta shuhrat qozongan. Murat 2017 yilda “Ayla” nomli filmda suratga tushdi.

Murat O‘zbekistonga rafiqasi, marokashlik mashhur aktrisa va model Imane Elbani bilan birga tashrif buyuradi. Imane 2008 yilda “Marokko go‘zali”, keyinroq esa “Miss Arab World” sovrinlarini qo‘lga kiritgan. U Sharqning 50 nafar eng go‘zal ayollari safiga kiradi. Turkiya Prezidenti Rejeb Tayyip Erdo‘g‘an shaxsan Murat uchun Imanega sovchilik ham qilgan.

“SCORPION”da Murat Yildirim suratga tushadigan sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinadi. Uning aynan qaysi obrazda chiqishi hozircha sir tutilmoqda.

Mazkur film O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Scorpion” filmida mashhur turk aktyori suratga tushadi