Rejissyor Ibrohim Rasulovning “Oppoq orzular” deb nomlangan filmining premyerasi 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Bir yildan ortiq vaqt davomida suratga olingan mazkur kartinada bosh rollarni xonanda va aktyor Anvar Sobirov hamda aktrisa Shahlo Temirovalar ijro etishgan. Bundan tashqari filmda Behzod Muhammadkarimov, Muyassar Berdiqulova, Behzod Hamroyev, Malika Jo‘rayeva singari mahoratli aktyor va aktrisalar jamoasi jamlangan.
Mikoyil Suleymanov ssenariysi asosida suratga olingan “Oppoq orzular” filmining premyerasi Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur film Anvar Sobirovning kinodagi olti yillik tanaffusdan keyingi ilk filmidir. Anvar Sobirov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga “Va nihoyat 378 kunlik mehnat nihoyasiga yetdi, bu mehnatga munosib baho berish siz aziz muxlislar hukmiga havola”, deya izoh qoldirgan.
“Begona bahor”, “Jiyda guli” filmlarining ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Oppoq orzular” filmi “Begona bahor”, “Jiyda guli” filmlari kabi muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ladimi-yo‘qmi tez orada bunga o‘zimiz baho berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi