15:30 / 09.03.2018
23 885

Nilufar Usmonova hech kim ko‘rmagan oilaviy suratlarini e’lon qildi

Nilufar Usmonova hech kim ko‘rmagan oilaviy suratlarini e’lon qildi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yolg‘iz farzandi, to‘rtta shirindan shakar bolajonlarning mehribon onasi — Nilufar Usmonova kuni-kecha, hech kim ko‘rmagan oilaviy suratlarini o‘zining instagramdagi sahifasiga joylashtirdi.

Biz esa fursatdan foydalanib u bilan bog‘lanib, ba’zi savollarga javob oldik.

— Bayram muborak bo‘lsin!
— Rahmat! Men ham butun O‘zbekiston ayollarini bahoriy bayramlar bilan qutlayman!

— Bayramni qanday o‘tkazdingiz?
— Juda ajoyib! Uni oilaviy nishonladik. Buvijonim ham yonimda edilar. Bundan tashqari qizimning birinchi 8 mart bayrami. Xullas, qo‘sha-qo‘sha quvonchli voqealar bilan maroqli dam oldim.

— Sizningcha, ayol uchun eng yaxshi sovg‘a qanday bo‘lishi kerak?
— Birichni navbatda oila a’zolarining kulgusidan ortiq sovg‘a bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman. Shuningdek, chiroyli gullar dastasi, har qanday holatda ham bizning yuzimizga kulgu yuguradi.



Xonandaning buvijonisi — Rahimaxon aya.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nilufar Usmonova hech kim ko‘rmagan oilaviy suratlarini e’lon qildi