18:10 / 09.03.2018
5 865

Toshkentda Miss Union Fashion - 2018 xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Miss Union Fashion - 2018 xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tadi
2018 yilning 20 mart kuni Toshkent shahrining “Zarqaynar” galereyasida Osiyo, Afrika va Yevropa modellari ishtirokidagi Miss Union Fashion - 2018 uchinchi xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

“Go‘zallik dunyoni qutqaradi” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan tanlov O‘zbekiston va loyiha ishtirokchisi bo‘lgan mamlakatlarning madaniyati, an’analari va turizm sohasi bilan tanishtirish, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, moda sanoatini rivojlantirishga qaratilgan.

Jyuri ishtirokchilarni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholaydi: tashqi ko‘rinish, milliy madaniyatni namoyish etish va intellektual salohiyat.

Tanlov asoschisi Gulnora Muhamedovadir (O‘zbekiston). Kechada O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va gruziyalik mashhur dizaynerlar kolleksiyalari namoyish etiladi.

Mehmonlar uchun Toshkent va Samarqandning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab madaniy va ekskursion dastur tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda Miss Union Fashion - 2018 xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tadi