Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6—8 iyun kunlari 300 dan ortiq olim va ekspertlar ishtirokida «O‘zbekiston madaniy merosi» xalqaro kongressi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Kongressda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan oltita kitob-albom, shuningdek Alisher Navoiy hayotligida yozilgan asarlarining faksimile nusxalari taqdim etiladi.
«Kongress o‘tkaziladigan kunlarda Sankt-Peterburgdagi yirik muzeylarda O‘zbekiston madaniy merosi namunalari ko‘rgazmasi ham otkaziladi. Ekspozitsiyalar namoyishi uchun Rossiya etnografik muzeyi, Sharqiy qo‘lyozmalar instituti, Ermitaj, Rossiya milliy kutubxonasi va shu kabi yirik binolardan maydonchalar ajratilgan», — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston madaniyati kunlari Sankt-Peterburg shahrida futbol bo‘yicha chempionat oldidan o‘tkazilayotgani esa unga yanada ko‘proq e’tibor jalb etadi.
Kongress doirasida O‘zbekiston hunarmandlar tomonidan ijodiy laboratoriya o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiya muzeylariga zamonaviy dekorativ-amaliy san’at namunalari ham topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!