18:41 / 20.03.2018
5 571

O‘zbekistonning birinchi dirijyor ayoli Dilbar Abdurahmonova vafot etdi

O‘zbekistonning birinchi dirijyor ayoli Dilbar Abdurahmonova vafot etdi
20 mart kuni O‘zbekistonning birinchi dirijyor ayoli Dilbar Abdurahmonova vafot etdi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri matbuot xizmatiga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Dilbar Abdurahmonova 1936 yil 1 may kuni Moskvada o‘sha yerda konservatoriyada tahsil olayotgan G‘ulom Abdurahmonov va Zuhra Fayziyevalar oilasida tug‘ilgan. 1955 yili konservatoriyaga o‘qishga kirgan. 1960 yillardan boshlab katta faoliyati boshlangan.

1977 yili Dilbar Abdurahmonova SSSR xalq artisti unvoniga ega bo‘lgan.

O‘z ijodi davomida Dilbar Abdurahmonova 64 ta operali va balet spektakllarini qo‘ygan. Ko‘plab mukofotlar qatorida u uchta medal va uchta ordenga sazovor bo‘lgan. Gretsiya falsafa akademiyasi 2016 yili uni «XXI asr Yer fuqarosi» unvoni bilan taqdirlagan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonning birinchi dirijyor ayoli Dilbar Abdurahmonova vafot etdi