10:33 / 22.03.2018
6 795

MC Doni Buxoroda suratga olgan klip yashin tezligida ommalashmoqda (video)

MC Doni Buxoroda suratga olgan klip yashin tezligida ommalashmoqda (video)
Timati boshchilik qiladigan Black Star leybli ishtirokchisi farg‘onalik MC Doni Buxoroda "Jin" qo‘shig‘i uchun klip suratga oldi.

Klipda shaharning ko‘rinishi, sharqona muhit, ko‘chalar, bozor va hattoki yaqindagina paydo bo‘lgan uchar darvish ham mohirona ko‘rsatib berilgan. Klip ijodkorlari uni suratga olishda yordam bergan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga minnatdorlik bildirishdi.

MC Doni o‘z faoliyatini Timati uchun bek-MC sifatida boshlagan, lekin yakkaxonlik faoliyatida ajoyib natijaga erishgan.

Uning muallifligidagi "Tы takoy" klipi You-Tubeda rus tilidagi kontent ichida eng ko‘p 160 million marta ko‘rilgan. Natali bilan aytilgan bu duet Muz-TV 2016 mukofotiga nomzod etib ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » MC Doni Buxoroda suratga olgan klip yashin tezligida ommalashmoqda (video)