20:43 / 22.03.2018
5 778

Rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Alla Pugachyova qariyotganini tan oldi

Rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Alla Pugachyova qariyotganini tan oldi
Rossiyalik qo‘shiqchi Alla Pugachyova o‘z Instagram’ida muxlislariga sog‘ligi yomonlashgani va tez qariyotganidan shikoyat qildi, deb yozadi «Daryo».

«Organizmim ishlamay qolyapti. Nafas olishga, yurishga qiynalyapman, ammo hali tirikman va kichkina bolalarim uchun yashashim kerak», — deya qayd etdi Pugachyova.

Nashr ta’kidlashicha, qo‘shiqchi shu tariqa uning tashqi ko‘rinishini mazax qilgan internet foydalanuvchilarining tanqidiga javob qilgan. «O‘z zahringizni va qahr-g‘azabingizni hayotda mening keksayishim va bemajolligimdan ko‘ra muhimroq muammolarga qarating», — deya taklif qildi 68 yoshli xonanda. U, shuningdek, umrining so‘nggi kunlarida farzandlari va muxlislari haqida o‘ylashga va’da berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Alla Pugachyova qariyotganini tan oldi