10:56 / 24.03.2018
7 231

Sherali Jo‘rayev oilasidagi ayollar haqida gap ochdi...

Sherali Jo‘rayev oilasidagi ayollar haqida gap ochdi...
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “Sug‘diyona” gazetasining jurnalisti bilan bo‘lgan suhbatda oilasidagi ayollar haqida so‘z ochdi.

— Menda qatiyat, shijoat, qattiqqo‘llik bo‘lsa – otamdan, yumshoqko‘ngillik – onamdan. Onam Bahriniso aya o‘rta bo‘ylik, yumshoqko‘ngil inson edilar. Butun umri mehnatda o‘tgan, oiladagi 6 farzandning parvarishi, ro‘zg‘or xizmatlaridan qaddi bukilsa-da, hech nolimagan inson. Butun umr duo qilib o‘tdi, duo qilganda ham o‘ziga so‘ramasdi, balki butun xalqni duo qilardi. 95 yoshlarida yotgan joylaridan ham namoz o‘qib o‘tdilar.

Ayolim onamning duolarini ko‘p olgan, endi o‘zi ham u kishiga o‘xshab borayapti. Uch qizim bor: Shukrona, Bahrona, Mushtariy. Shukrona psixologiyani bitirdi. Bahrona va Mushtariy bu yil talaba bo‘lishdi. Qizlarimiz maktabdan tashqari ilmni uyda olishdi, hozir o‘qishga ham qizlarni mashina olib borib olib keladi, tamom. Ko‘chada ko‘p yurishmaydi, har holda falonchining qizi degan nomlari bor. Qizlarni avaylab-asrash kerak. Qiz bola ko‘proq otasidan xususiyat, fazilat olarkan. Qizlarimga mendan ko‘p narsa o‘tgan, bu quvontiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Jo‘rayev oilasidagi ayollar haqida gap ochdi...