O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova biz bilan bo‘lgan suhbatda yoshligida sodir bo‘lgan ta’sirli voqeani so‘zlab berdi.
— Ko‘p yillar oldin, nomini aytmayman, bir rejissyor ham juda qattiq dilimni og‘ritgan. U paytlari turmush o‘rtog‘im bilan «Yosh gvardiyachilar» teatrida ishlardik. Teatrdagi yetakchi aktrisalardan edim. Aziz hali yosh, isitmasi chiqib, tobi bo‘lmayotgandi. Ishdaligimda rahmatli qaynonam bolamga qarab turardilar. Tanaffus payti uyga shoshildim, Azizni dorisini ichirib, holidan xabar olib, yana teatrga yugurdim. Bor-yo‘g‘i 2-3 daqiqaga kechikkandim o‘shanda, rejissyorimiz esa hammani oldida izza qilgan. Vaholanki, o‘zimdan o‘tayotganini o‘zim bilaman. Nimasi alam qilgan bilasizmi, aktrisalardan biri gap bilan meni o‘yib-o‘yib olgan. Rejissyorimizga uzrimni aytganman-u, ammo haligi aktrisaga qarata «Avval siz menga o‘xshab turmushga chiqing, ikki farzand tug‘ing, keyin gapirasiz», dedim. Tilingizdan otilib ketadimi? Ketadi (yig‘lab)! Bir-birimizning oldimizda rol o‘ynashimizning keragi yo‘q, axir kimning qandayligini bilamiz-ku. Bu gaplarni hech kimga aytmagandim. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?