Oramizda iqtidorli insonlar ko‘p. Ana shunday noyob qobiliyatga ega farg‘onalik yigit chizgan suratlari bilan hammani hayratga solib kelmoqda.
Afsuski unga taqdir jismonan but jussani nasib etmadi. U ikki qo‘lsiz, oyog‘i majruh dunyoga keldi. Lekin shunga qaramay u taslim bo‘lmadi. Balkim bor jasoratini ishga solib, iqtidorini namoyon etib kelmoqda.
Shuhrat O‘rinboyev Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani, Chimyon qishlog‘ida istiqomat qiladi. Uning boalaligidan rangtasvirga qiziqishi baland bo‘ladi.
"Rasm chizaman, rassom bo‘laman deb o‘ylamagan edim. Oldiniga harflarni o‘rgandim, keyin yozishni. Sekin-sekin qushlarni, hayvonlarni suratlarini chiza boshladim. Shundan keyin menda rangtasvirga bo‘lgan qiziqish orta boshladi", — deydi Shuhrat.
Unga bunda Opasi — Shoira O‘rinboyeva hamisha ko‘kmakdosh bo‘lib kelgan."Men juda faxrlanam ukam bilan", - deydi u.
Shuhrat O‘rinboyev bir qator mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan bir qator "Yosh musavvirlar" tanlovlarida qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga qiritdi.
2005 yilda u "Jasorat" medali bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda Shuhrat O‘rinboyev Chimyon qishlog‘idagi 15-umumta’lim maktabida rassomchilikdan dars berib, o‘quvchilarga rassomchilikning sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.
Maxsus muxbirimiz Ahror Ziyodov ushbu noyob iqtidor sohibi haqida maxsus reportaj tayyorladi. E’tiboringizga lavhani havola etamiz:>>>VIDEO “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi