22:46 / 06.04.2018
10 095

Davron Kabulov «Million» jamoasining bo‘linib ketish haqida (video)

Davron Kabulov «Million» jamoasining bo‘linib ketish haqida (video)
Foto: «Daryo»
Davron Kabulov «Million» jamoasining bo‘linib ketish sabablariga qisqacha izoh berdi. Bu haqda Davron Kabulov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida gapirib berdi.

Jamoaga har doim bitta oila sifatida qaraganman. Jamoa orasida bo‘ladigan kelishmovchiliklarni, tushunmovchiliklarni ommaga izohlab berish shart emas deb hisoblayman. Har holda oila miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak, er va xotin urushadigan bo‘lsa, butun mahallaga chiqib buning sababini tushuntirib berishi shart emas. Biz ozgina bo‘lsa ham ommaga aloqador, ommaga ozgina bo‘lsa ham tanilgan jamoa a’zolari sifatida tarkibimizni to‘rt kishi tark etgani haqidagi savollar ko‘pchilikni qiziqtirgan bo‘lishi mumkin, lekin bu narsa ichkarida qolgani ma’qul. Faqat vaqt va jamoadagi yigitlarning ishtiyoqi kim qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yo‘l tutganini ko‘rsatib beradi.

Davron Kabulov, «Million» jamoasi a’zosi


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Davron Kabulov «Million» jamoasining bo‘linib ketish haqida (video)