07:03 / 20.04.2018
4 094

Saudiya Arabistonida so‘nggi 40 yil ichida birinchi kinoteatr ochildi (video)

Saudiya Arabistonida so‘nggi 40 yil ichida birinchi kinoteatr ochildi (video)
Saudiya Arabistonida so‘nggi 40 yil ichida kinoteatrlar faoliyati taqiqlanganidan so‘ng ilk marta kinoteatr ochildi, deya xabar qilmoqda Darakchi nashri.

Ilk ommaviy kino namoyishi qirolik poytaxti Ar-Riyodda chorganba kuni oqshom mahali bo‘lib o‘tdi.

Qirollikda ilk kinoteatrdagi kino namoyishi Marvel kinokompaniyasining “Qora pantera” superqahramonlik filmi bo‘ldi.

Endilikda kinoteatrlarga erkaklar ham, ayollar ham kelishi mumkin.

Hozircha kinoteatrda 450 o‘rindiqqa ega birgina zal bor. Kelgusida yana uchta zal ochilishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha kinofilmlar namoyishining taqiqlangani bekor qilinishi har yili mamlakat byudjetini milliard dollarga to‘ldirishi mumkin ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Saudiya Arabistonida so‘nggi 40 yil ichida birinchi kinoteatr ochildi (video)