“SCORPION”​! Filmni suratga olish ishlari Marokashda davom etmoqda (foto)

  • Madaniyat
  • 21-04-2018, 17:55
  • 647
  • “SCORPION”​! Фильмни суратга олиш ишлари Марокашда давом этмоқда (фото)
    Xabaringiz bor, “SCORPION” filmining suratga olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

    Ayni kunlarda ijodiy guruh Marokashda ishlashmoqda.




    Eslatib o‘tamiz, “SCORPION”da bugungi kunning dolzarb muammosi – xalqaro jinoyatchilik mavzusiga yoshlar nigohi bilan qaraladi.

    Filmda kino sohasiga aloqador bo‘lmagan birorta mutaxassis faoliyat olib bormayapti. Yurtimiz kinematografiyasida yetishmayotgan mutaxassislar xorijiy mamlakatlardan taklif etildi.

    Shuningdek, kartinaning suratga olish maydonida aktyorlar ovozi “toza” holda yozilmoqda, ya’ni bugungi filmlardan farqli o‘laroq u qayta ovozlashtirilmaydi. Bu esa aktyorlardan ham o‘z ishiga o‘ta jiddiy yondashish, qahramonining har bir so‘zini tamomila yodlash, his qilishni talab etmoqda.

    Rossiyadan loyiha uchun yurtimizga maxsus tashrif buyurgan mutaxassislar film kadrlarini suratga olish maydonining o‘zida xomaki montaj qilib borishyapti.

    Film ijodiy va texnik jamoasini — O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Germaniya mutaxassislari tashkil etadi.

    Loyihaning katta shov-shuvga sabab bo‘lgan voqeasi sifatida unda turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirim (o‘zbek tomoshabinlariga “Osiyo” serialidagi Demir roli bilan yaxshi tanish)ning ishtirokini qayd etish mumkin.

    “SCORPION”da Murat Yildirim suratga tushadigan sahnalar Buxoro viloyatida suratga olindi.

    » » “SCORPION”​! Filmni suratga olish ishlari Marokashda davom etmoqda (foto)
    Яндекс.Метрика