Ozoda Nursaidova tarqalgan videolari va eri haqida nihoyat ochiq gapirdi (video)

  • Madaniyat
  • 15-05-2018, 11:35
  • 9 133
  • Озода Нурсаидова тарқалган видеолари ва эри ҳақида ниҳоят очиқ гапирди (видео)
    Juda ko‘p muxlislarga ega xonanda Ozoda Nursaidova ma’lum vaqt ko‘rinmay qolganidan xabaringiz bor. E’tiboringizga havola etilayotgan suhbatda Ozoda Nursaidova juda ko‘p savollarga javob bergan.

    Xonanda shuncha payt davomida bo‘sh o‘tirmagani, zerikishga vaqti bo‘lmaganini aytdi.

    Jurnalistning “Turmushga chiqqanmisiz?” degan savoliga esa Ozoda Nursaidova gapni aylantirishga harakat qildi. Lekin bugungi kunda yaqin insoni borligini ham yashirmadi.

    Tarqalgan videolari xususida esa xonanda: “Kayfiyatim yaxshi bo‘lsa, maza qilib o‘ynayman. O‘sha Xorazm to‘yidagi mavzu necha yillardan buyon haligacha yopilmadi. Hatto onam ham o‘sha videodan so‘ng qand kasalini orttirib olgan. Oilamiz bir hafta ichida nimalarni ko‘rmadi deysiz, aynan o‘sha videodan keyin. Mayli, men indamayman!” deya fikr bildirgan.

    Bundan tashqari, Ozoda Nursaidova san’at olamidan ketishiga sababchi deb bir mashhur xonanda bilan bo‘lgan voqeani ham aytib o‘tdi. Taxminlarga ko‘ra, aynan o‘sha ayol xonanda Ozoda Nursaidova bilan raqobatlasha oladigan darajada mashhur…

    » » Ozoda Nursaidova tarqalgan videolari va eri haqida nihoyat ochiq gapirdi (video)
    Яндекс.Метрика