16:23 / 16.05.2018
5 886

Xayrullo Hamidov she’ri: Farosat

Xayrullo Hamidov she’ri: Farosat
Firoq kirgan bo‘lsa qo‘shning uyiga,
Yig‘loq sasi to‘lsa qo‘shning uyiga,
Og‘ir botar bilsa qo‘shning uyiga,
Kuyingni dunyoga ovoza qilma!

Shodlikdan yorilib ketar bo‘lsang ham,
Shodlikda shohlarga yetar bo‘lsang ham,
Qo‘shning chehrasida ko‘rib qolsang g‘am,
O‘yingni dunyoga ovoza qilma!

G‘ussaga burkanib qolsa yaqining,
Alamin yostiqdan olsa yaqining,
Hatto o‘y surmoqqa tolsa yaqining,
To‘yingni dunyoga ovoza qilma!

Sen, axir, yoshlikdan o‘sding uyida,
Ne-ne malomatni to‘sding uyida.
Bu kech uxlamasa do‘sting uyida…
Uyingni dunyoga ovoza qilma!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xayrullo Hamidov she’ri: Farosat