Sherali Jo‘rayev: "Ro‘zai Ramazon yoru-birodarlar orasidan... mehr-oqibatni qaytarish, tiklash oyidir" (video)

  • Madaniyat
  • 20-05-2018, 23:43
  • 1 051
  • Шерали Жўраев: "Рўзаи Рамазон ёру-биродарлар орасидан... меҳр-оқибатни қайтариш, тиклаш ойидир" (видео)
    Olloh Taolo buyurgan ekanki, ulug‘ ayyom hisoblanmish Ro‘zai Ramazon, ruhan, ma’nan poklanish oyida yovlashganlar, arazlashganlar, yuz ko‘rmaslikka yo‘l qo‘yganlar, bezishganlar mehru oqibatni ortga qaytarsinlar, qon-qarindoshlar, aka-uka, opa-uka, opa singil, aka-singil, umuman qondoshlar ezgulik, ahillik, mehr, saxovat, shafqat sari qadam tashlasinlar.

    Shunda itoatkor bandalarga Yaratganning huzurida bitmas-tuganmas mukofot hadya etilarkan. Mehr-oqibatga oshifta bandalar jannat bog‘ining to‘ridan joy olarkan.

    Koshkiydi, xalq hofizi, millionlab san’at ixlosmandlarining sevimli san’atkori, o‘zbek san’ati qiroli Sherali Jo‘rayevning quyida ijro etgan qo‘shig‘i barchani ezgulikka oshno etsa!


    Manba: Hordiq.uz

    » » Sherali Jo‘rayev: "Ro‘zai Ramazon yoru-birodarlar orasidan... mehr-oqibatni qaytarish, tiklash oyidir" (video)
    Яндекс.Метрика