11:56 / 25.05.2018
5 027

​Rayhonning qo‘shig‘i beruxsat kuylandi. U qanday chora ko‘rdi?

​Rayhonning qo‘shig‘i beruxsat kuylandi. U qanday chora ko‘rdi?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning qo‘shig‘ini xorijlik xonanda beruxsat kuyladi, deb yozadi Darakchi nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, uning “Borliging” qo‘shig‘ini Qirg‘izistonlik xonanda Begimoy Bekboyeva qirg‘iz tilida kuylagan. Bu xonanda avval ham, Rayhonning “Unutaman” qo‘shig‘ini ijro etgan ekan. Rayhonning o‘zi esa, bu holatdan butunlay bexabar.

“ — Ochig‘i, bu muammoni hal qilish uchun rosa harakat qildik. Ammo yurtimizda mualliflik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tashkilot ishlamaydi. Shuning uchun xorijlik hamkasbimga chora ko‘rishning imkoni bo‘lmadi. Unga insof so‘rashdan boshqa choram yo‘q” - deydi xonandaning o‘zi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Rayhonning qo‘shig‘i beruxsat kuylandi. U qanday chora ko‘rdi?