08:30 / 26.05.2018
4 341

«Maugli» yana ekranlarga qaytmoqda (video)

«Maugli» yana ekranlarga qaytmoqda (video)
«Maugli» filmining yangi talqini ijodkorlari filmning ilk talqinini taqdim etdi hamda uning qachon ekran yuzini ko‘rishini ham ma’lum qildi, deb xabar beradi Euronews'ga tayanib Daryo nashri.

«Anons ancha qayg‘uli va keskin chiqdi. Kartinaning o‘zi ham xuddi shunaqa», — deydi film ijodkorlari.

Rejissyor Endi Serkisning qayd etishicha, ushbu film «Maugli» haqidagi avvalgi filmlarga nisbatan qayg‘uliroq bo‘ladi.

Yangi «Maugli»da bosh rollarni Roen Chand, Keyt Blanshet, Benedikt Kamberbetch va Kristian Beyllar ijro etgan.

AQShda film namoyishi 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Maugli» yana ekranlarga qaytmoqda (video)