00:53 / 12.06.2018
6 771

Bir guruh san’atkorlar “Xalq bilan bo‘l” loyihasi doirasida Mirzacho‘lda bo‘ldi (foto, video)

Bir guruh san’atkorlar “Xalq bilan bo‘l” loyihasi doirasida Mirzacho‘lda bo‘ldi (foto, video)
“Xalq bilan bo‘l” loyihasi doirasida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov, muassasa xodimlari, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yulduz Turdiyeva, Alisher Fayz, so‘z ustasi Shukrullo Isroilovlar Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida “Obod qishloq” loyihasi doirasida qurilayotgan yangi qurilish shaharchasida bo‘lib o‘tdi. Qishloqning kam ta’minlangan oilalariga muassasaning esdalik sovg‘alari topshirildi. Mehmonlar hududda olib borilayotgan ishlar, yoshlarning hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Mahalliy aholiga san’atkorlar tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad - viloyatning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan aholi vakillari uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda konsert dasturlarini uyushtirish va bu orqali ularga a’lo kayfiyat ulashishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz: “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “Xalq bilan bo‘l” loyihasining birinchi manzili Surxondaryo viloyatiga bir guruh san’at ustalari tashrifi bilan boshlangan edi.


Foto: “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati

Foto: “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bir guruh san’atkorlar “Xalq bilan bo‘l” loyihasi doirasida Mirzacho‘lda bo‘ldi (foto, video)