"Janon"dan ilk lavhalar... (foto)

  • Madaniyat
  • 14-06-2018, 09:02
  • 1 411
  • "Жанон"дан илк лавҳалар... (фото)
    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz "Vasling izlab" konsert dasturida kuylagan "Janon" nomli qo‘shig‘iga doimiy hamkorlari rejissyor Mirmaqsud Oxunov va tasvirchi Muzaffar Yusupov bilan hamkorlikda klip suratga oldi...

    Klip trek yo‘nalishida suratga olinayotgan bo‘lib, konsert dasturida "Janon" qo‘shig‘iga raqs ijro etgan raqqosa Nafisa Xasanovani ko‘rishingiz mumkin.


    Alisher Fayz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist: — Konsertning charchoqlari tarqab, guruhimizdagi qadrdonlar bilan yana ish "ummoni"damiz. Har yili konsert repertuarida klipi bilan taqdim qilinishi kerakligi bilan ajralib turadigan qo‘shiqlar bo‘ladi. Ijodiy jamoa bilan kelishgan holda bu gal repertuardan bir nechta qo‘shiqlarni tanlab oldik. Shulardan biri "Janon". Ish jarayoni nisbatan yengilroq kechadigan bo‘lgani uchun klip suratga olishni aynan shu qo‘shiqdan boshladik. Boisi boshqa tanlangan qo‘shiqlarga klip tasvirga olish jarayoni taxminimizga ko‘ra 3-4 kun vaqt oladi. Nodir Azimov she’ri, Iqbol Muhammad musiqasi bilan kuylangan "Janon" qo‘shig‘i milliyligi, sevib tinglaydigan eski qo‘shiqlarimizni yodga solgani bilan yuragimni "jiz" ettirdi. Klip yo‘nalishi va boshqa jihatlarini ijodiy jamoamizdagi qadrdonlarim, o‘z ishining ustalariga doimgidek, ishondim. Qolaversa, klip borasida mutaxassis emasman. Shuning uchun o‘z kasbining ustalari rejissyor Mirmaqsud Oxunov va tasvirchi Muzaffar Yusupovning tanlovini ma’qulladim. Nasib, tez kunlarda yangi klipimizni muxlislarga havola qilamiz!



    » » "Janon"dan ilk lavhalar... (foto)
    Яндекс.Метрика