23:13 / 09.07.2018
7 902

Manzuraning oilasida og‘ir judolik (foto)

Manzuraning oilasida og‘ir judolik (foto)
Kecha, 8 iyul kuni xonanda Manzuraning otasi Muborak Yo‘ldoshev vafot etdi, deb xabar beradi Darakchi nashri.

Eslatib o‘tamiz, Muborak Yo‘ldoshev o‘zbek milliy rangtasvir san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, bebaho durdona asarlar muallifidir.

Asarlarida Vatanimizning boy tarixi, buyuk shaxslarini jo‘shqin tarannum etgan, xalq dostonlari qahramonlarini mehr-muhabbat bilan ifodalagan, “Tohir va Zuhra”, “Samarqand afsonasi”, “Ravshan va Zulxumor”, “Zafar”, “Yoriltosh” singari ko‘plab spektakllarga yorqin dekoratsiyalar yaratgan, ko‘p yillar davomida talabalarga tasviriy san’at saboqlaridan dars bergan musavvirimiz mehnati davlatimiz tomonidan yuksak baholanib, 2000 yilda O‘zbekiston xalq rassomi unvoniga sazovor bo‘lgan.

Tahririyatimiz nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z ta’ziyamizni bildiramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Manzuraning oilasida og‘ir judolik (foto)