11:57 / 15.07.2018
5 751

Imom al Buxoriy haqidagi hujjatli film Turkiya telekanalida namoyish etilmoqda (video)

Imom al Buxoriy haqidagi hujjatli film Turkiya telekanalida namoyish etilmoqda (video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan Imom al Buxoriy haqidagi hujjatli film Turkiyaning TRT Avaz xalqaro telekanalida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda telekanal Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
İmam Buhari

‘’İnançlı insan yeni filiz gibidir, rüzgar esince toprağa doğru eğilir, rüzgar azalınca büyümeye devam eder ve olumsuzlukları sabırla aşar’’ diyen hadis mülkünün sultanı İmam Buhari’nin yaşam öyküsünü ve tanınmış alimlerin onun hakkındaki fikirlerini bu belgeselde izleyeceksiniz. İmam Buhari belgeseli bu akşam saat 19:30'da TRT AVAZ’da.

Опубликовано TRT Avaz Четверг, 12 июля 2018 г.

Hujjatli filmda buyuk muhaddis, vatandoshimiz Imom al Buxoriy hayoti haqida so‘z boradi. Uning siymosini avlodlar tasavvurida yanada ulug‘lash, jahon tan olgan ulamoning ilmini keng miqyosda o‘rganish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT assambleyasida so‘zlagan nutqida bu haqda alohida to‘xtalib o‘tgan edi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy majmuasi hududida xalqaro tajribani o‘rgangan holda xalqaro ilmiy markaz qurilishi bo‘yicha topshiriq berilgan edi. Shu munosabat bilan majmuaga tutash hududdan 5,8 gektar yer maydoni ochilib, ilmiy markaz hamda markaz qarshisida 3 ta uch qavatli turar-joy qurilishi uchun ajratib berildi.

Xalqaro ilmiy markaz qurilishining umumiy loyiha qiymati 122 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Prezidentning joriy yil 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlis bayoni bilan Imom Buxoriy majmuasini qayta qurish loyiha-taklifi va Xartang qishlog‘ining bosh reja-loyihasi ma’qullangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Imom al Buxoriy haqidagi hujjatli film Turkiya telekanalida namoyish etilmoqda (video)