18:12 / 09.08.2018
5 782

Ozodbek Nazarbekov "O‘zbekkonsert"ning qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzish qaroriga munosabat bildirdi

Озодбек Назарбеков "Ўзбекконцерт"нинг қўшиқлар рўйхатини тузиш қарорига муносабат билдирди
Ozodbek Nazarbekov «O‘zbekkonsert»ning qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzish qaroriga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov «O‘zbekkonsert»ning to‘y-hashamlarda kuylanadigan qo‘shiqlar ro‘yxatini shakllantirish qarorini «shoshilinch qaror», deya baholadi.

«O‘zbeklarda «sal shoshib qo‘yibdi» deyiladi-yu. Mana bu yerda ijodkorlar o‘tiribdi, bilishadiki, san’at asarlari xalqning fikridan kelib chiqib tanlanmaydi. San’at asarlari xalq orasida targ‘ib qilinadi. To‘yda nimani ijro qilaylik, degan masalani xalqga tashlashdan ko‘ra, uni targ‘ib qilish to‘g‘riroq bo‘lardi», – dedi Nazarbekov bugun Toshkentda o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi to‘y-hashamlarda kuylanadigan qo‘shiqlar bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqish rejasini bildirgan edi. Muassasaning ushbu g‘oyasi internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Feysbuk foydalanuvchilari «O‘zbekkonsert» bu ketishda yaqinda «tavsiya etiladigan kelinlar ro‘yxati»ni shakllantirishiga ham shubha qilmasliklarini bildirgan edilar.

Manba: sputniknews-uz.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov "O‘zbekkonsert"ning qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzish qaroriga munosabat bildirdi