10:43 / 14.08.2018
8 410

Ekstrasens xizmatidan foydalangan san’atkorlar... (video)

Ekstrasens xizmatidan foydalangan san’atkorlar... (video)
Yaqinda nafaqat Rossiya yoki O‘zbekistonda, balki butun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xalqlari orasida ma’lum va mashhur bo‘lishga ulgurgan yurtdoshimiz — xonanda, aktyor, stilist, yoga bo‘yicha mutaxassis va, xalqona tilda aytganda, bashoratchi Abror Usmonov yurtimizga keldi va eksklyuziv intervyu berdi.

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Abror Usmonov 11 yil deganda birinchi marta yurtimizga – do‘stini ko‘rgani keldi.

Ko‘pchilik Abrorni Rossiyaning mashhur «Bitva ekstrasensov», ya’ni «Ekstrasenslar jangi» degan ko‘rsatuv orqali yaxshi tanishadi. Bu ko‘rsatuvga u otasi bilan ko‘rishish maqsadida qatnashgan va bunga erishgan. Lekin ko‘p o‘tmay u ko‘rsatuvdan ketishni xohlagan. Sababi, ko‘rsatuvga judayam ko‘p yolg‘on, yaxshi-yomon narsalar aralashgan va u odamlarni aldab pulini olishni xohlamagan.

Quyidagi videoda uning ekstrasenslik qobiliyati, qimmat pul evaziga o‘z yaqinini yo‘q qilishgacha buyurtma bergan insonlar taqdiri va uning qabulida bo‘lgan san’atkorlar kimlar ekani haqida bilib olishingiz mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ekstrasens xizmatidan foydalangan san’atkorlar... (video)