12:52 / 14.08.2018
5 940

«Hujradagi zulmat»: O‘zbekistondagi xufyona hujralar, Suriyadagi o‘zbek jangarilari (video)

«Hujradagi zulmat»: O‘zbekistondagi xufyona hujralar, Suriyadagi o‘zbek jangarilari (video)
O‘zMTRKning «O‘zbekiston 24» telekanali orqali 12 avgust kuni, Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan «Hujradagi zulmat» nomli maxsus film efirga uzatildi. Filmda noqonuniy diniy ta’lim berish faoliyati tanqid qilingan va uning oqibatlari ko‘rsatib berilgan, deb xabar bermoqda «Daryo».

Filmda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yil davomida O‘zbekistonda noqonuniy diniy ta’lim berish faoliyati uchun yo‘naltirilgan 33 ta xufyona hujra aniqlangan. 2018 yilning birinchi yarmida esa ko‘rsatkich 116 tani tashkil etgan.

Bunday hujralarni tashkil etganlar orasida bir yil avval Prezident tashabbusi bilan 18 ming kishilik «maxsus ro‘yxat»lardan chiqarilgan fuqarolar borligi film davomida qoralangan.

Ota-ona o‘z qo‘llari bilan savodsiz kishilarga, bu ham yetmaganidek berahm kimsalarga farzandlariga olib borib topshirishayotgani achinarli holat ekani ta’kidlanadi.

Filmning so‘nggi qismida Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashib, so‘ng qo‘lga tushgan o‘zbekistonlik yigitlarning intervyulari, shuningdek, farzandlari Suriyada halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik onalarning ko‘z yoshlariga to‘la chiqishlari ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Hujradagi zulmat»: O‘zbekistondagi xufyona hujralar, Suriyadagi o‘zbek jangarilari (video)