20:53 / 18.08.2018
8 929

“Milliy Art” jamoasining nomi nima sababdan “Bravo”ga o‘zgartirildi? (video)

“Milliy Art” jamoasining nomi nima sababdan “Bravo”ga o‘zgartirildi? (video)
“Million” jamoasining sobiq, “Bravo” kulgu jamoasining a’zosi Umid Umarov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida jamoaning nomi nima sababdan o‘zgarganini aytib o‘tdi.

“Boshida biz «Milliy Art” degan zo‘r jamoa qilamiz, kuchli jamoa bo‘ladi, deb harakat qilganmiz. “Milliy Art” degani milliy san’at degan ma’noni anglatadi, ammo biz hali milliy san’at darajasidagi aktyor bo‘lib yetishmadik. Bu narsani orqasida juda ko‘p mehnat yotganini bilib turib, “Bravo” nomiga to‘xtaldik. Mabodo “Milliard” degan ma’nosi bo‘ladigan bo‘lsa ham, o‘zimiz tashkil bo‘lishida hissa qo‘shgan, jipslashgan “Million” jamoasining nomiga “ziddiyat keltirib chiqaradi”, degan ma’noda, yengil, kimgadir mas’uliyat yuklamaydigan, yaxshi narsa ko‘rsatilganda odamlar “bravo deb yuboradigan” nomni jamoaga tanlashga qaror qildik. Kelinglar, ko‘ringlar, mazza qilib, bravo deb chiqib ketinglar».

Umid Umarov, “Bravo” jamoasi a’zosi


Ma’lumot uchun, “Bravo” jamoasining ilk konsert dasturi 11—16 sentyabr kunlari Xalqlar do‘stligi san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Milliy Art” jamoasining nomi nima sababdan “Bravo”ga o‘zgartirildi? (video)