07:02 / 19.08.2018
14 507

“Suyunchi” filmidagi Nazira hozir Afrikada. Chunki… (video)

“Suyunchi” filmidagi Nazira hozir Afrikada. Chunki… (video)
Nazira, ya’ni Shahnoza Hamroyeva 1963 yil 28 oktyabrda tavallud topgan. Shahnoza Hamroyevaning kino olamiga kirib kelishi juda ham qiziq bo‘lgan. O‘sha paytda Shahnoza Hamroyevaning ukasi Ulug‘bek Hamroyev filmlarda rol ijro etar edi. Shahnoza Hamroyeva ukasining maoshini olish uchun kinostudiyaga boradi. Shunda rejissyor uni ko‘rib qoladi va kinoga taklif etadi.

Shahnoza Hamroyeva “Suyunchi” filmida suratga tushganida 17 yoshda bo‘lgan. Shundan so‘ng unga ota-onasi kinoda suratga tushishni taqiqlagan. Aktrisa bo‘lolmagan Shahnoza Hamroyeva tibbiyot institutiga o‘qishga kiradi. Kasbi taqozosi bilan u Afrikaga ketadi.

Yigirma yildan buyon Shahnoza Hamroyeva oilasi bilan Afrikaning Zambiya davlatida istiqomat qiladi. Shahnoza Hamroyeva turmushga chiqqan, ikki o‘g‘il va bir qizning onasi. 55 yoshni qarshi olgan Shahnoza Hamroyeva, albatta, o‘z yurtiga qaytish niyatida.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Suyunchi” filmidagi Nazira hozir Afrikada. Chunki… (video)