Ozarbayjon xalq artisti S.Imanova: “O‘zbekiston tufayli dunyoga tanildim”

  • Madaniyat
  • 19-08-2018, 21:37
  • 1 554
  • Озарбайжон халқ артисти С.Иманова: "Ўзбекистон туфайли дунёга танилдим"
    Foto: Matbuot va axborot agentligi
    1997 yil Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida, 19 yoshi Simara Imanova ushbu san’at anjumanida qatnashib, Gran-pri g‘olibi bo‘lgan edi. Xonanda bilan joriy yilda Shahrisabzda o‘tkaziladigan maqom festivali haqidagi suhbat matbuot va axborot agentligi nashrida e’lon qilindi.

    ‘Sharq taronalari’ birinchi xalqaro musiqa festivaliga taklif etilganimda, juda hayajonlangan edim. Negaki, yosh va tajribasiz edim. Qolaversa, bunday nufuzli anjumanda o‘sha yili 40 ga yaqin mamlakatdan mana-man degan san’atkorlar qatnashish istagini bildirgan. Oradan 21 yil o‘tgan bo‘lsa ham o‘sha lahzalarni xuddi hozirgidek eslayman. Chiqish navbati menga yetgach, suxandon: ‘Simara Imanova, Ozarbayjon Respublikasi’ deb e’lon qildi. Afsonaviy Registon maydoniga yig‘ilganlar gulduros olqishlar bilan meni kutib olishdi. Bu ilk dalda bo‘ldi. Tezda hayajonimni bosib, qo‘shiqni boshladim. Bilasizmi, meni yana nima hayajonlantirdi? Registonda har bir ohang, ovoz o‘zgacha jaranglar ekan, bundan qattiq ta’sirlandim, ilhom oldim. Qo‘shiqni aytib bo‘lganimdan so‘ng tinglovchilar rosa qarsak chalishdi. O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva va boshqalar ijrom haqida samimiy fikrlarni bildirdi. Ochig‘i, men o‘zbeklarning bunchalik san’atni sevishi, qadrlashi, qo‘shiqni berilib tinglashini ko‘rib, lol qoldim. Bugun esa O‘zbekistonda san’at va madaniyat sohasini rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor yanada yuksalganidan havasdaman. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018 yilda O‘zbekistonda ‘Maqom’ san’ati bo‘yicha xalqaro musiqa festival o‘tkazilishini eshitib xursand bo‘ldim. Bilasiz, Ozarbayjonda ham bunday festival bor. O‘ylaymanki, har ikki mamlakatda uyushtiriladigan san’at anjumanlari o‘nlab, yuzlab iste’dod egalarini kashf etish, ikki tomonlama o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Simara Imanova, Ozarbayjon xalq artisti

    Xonanda ayni paytda universitet dotsenti. U yoshlarga musiqa va an’anaviy ijrochilik yo‘nalishida saboq beradi.

    » » Ozarbayjon xalq artisti S.Imanova: “O‘zbekiston tufayli dunyoga tanildim”
    Яндекс.Метрика