09:56 / 14.09.2018
5 883

Toshkentda Parij xalqaro moda akademiyasi filiali ochiladi

Toshkentda Parij xalqaro moda akademiyasi filiali ochiladi
Yaqin kunlarda Toshkentda Parij xalqaro moda akademiyasi filiali ochilishi rejalashtirilyapti. Bu haqda Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlik qilish masalalariga bagʻishlab Parij shahrida oʻtkazilgan uchrashuv yakunlarida maʼlum qilindi deb yozadi “Xalq soʻzi online”

Muloqotda Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Parij Akademiyasi, Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti(INALCO), Parij xalqaro moda akademiyasi, shuningdek, Fransuz Alyansi kabi sohaga masʼul asosiy tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Parij xalqaro moda akademiyasi prezidenti Jan-Filipp Voklerning aytishicha, Akademiya delegatsiyasi 2018 yil sentyabr oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi mutasaddilari bilan mazkur oliy oʻquv yurti filialini Toshkentda tashkil etish boʻyicha batafsil muhokamalar oʻtkazilgan.

Shu boʻyicha tegishli hujjat yaqin kunlarda imzolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda Parij xalqaro moda akademiyasi filiali ochiladi