18:12 / 20.09.2018
5 130

Jonli ijroda kuylay olasizmi? Unda ochiq maydonga marhamat!

Jonli ijroda kuylay olasizmi? Unda ochiq maydonga marhamat!
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tashabbusi bilan joriy yilning 29 sentyabr kuni poytaxtda joylashgan “Xalqlar Doʻstligi” sanʼat saroyi yonidagi bayroq ostida jonli ijroda gala konsert dasturi boʻlib oʻtadi. Ushbu konsert dasturi xalq sayli tarzida oʻtkaziladi.

Odil Abduqahhorov, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi rahbari: — Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, jonli ijro etishni yaxshi koʻradigan, sanʼatsevar oʻzbek xalqiga oʻz qoʻshiqlarini taqdim etishni istagan barcha xonandalar ushbu konsert dasturida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun muassasaga kelib uchrashishlari kerak boʻladi. Ayni damda unda yoshlar qoʻshiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estarada xonandasi ishtirok etish istagini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida, Ushbu konsert dasturi 29 sentyabr kuni, soat 19:00 da boʻlib oʻtadi. Uni tomosha qilish bepul.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jonli ijroda kuylay olasizmi? Unda ochiq maydonga marhamat!