14:58 / 23.09.2018
7 282

Suratda kimni koʻryapsiz? Eng mashhur optik illyuziyalardan birining siri ochildi

Suratda kimni koʻryapsiz? Eng mashhur optik illyuziyalardan birining siri ochildi
Foto: Uilyam Eli Hill
Flinders universiteti va Janubiy Avstraliya universiteti olimlari inson optik illyuziyani qanday qabul qilishi uning yoshiga bogʻliq degan toʻxtamga kelishdi. Tadqiqot natijalari “Scientific Reports” jurnalida chiqdi.

“Mening xotinim, mening qaynonam” optik illyuziyasining oʻziga xosligi shuki, bitta qiyofada ikki nafar: yosh ayol (boshi xiyol teskari burilgan — tomoshabinga uning burni, koʻzi qisman, qulogʻi va marjon taqilgan boʻyni koʻrinib turibdi) va keksa ayol (tomoshabinga yuzi yon tomondan (profil) koʻrinadi, shuningdek, ikki koʻzi, doʻng burni, ogʻzi va iyagi namoyon boʻladi) tasvirlangan.

Olimlar “Mening xotinim, mening qaynonam” optik illyuziyasi ustida sinov oʻtkazish uchun 22 mamlakatdan 18 yoshdan 68 yoshgacha boʻlgan 666 nafar kishini jalb etishdi.

Qizigʻi, 30 yoshgacha boʻlganlar yosh ayol, 30 yoshdan kattalar esa keksa ayol tasvirini tezroq ilgʻashgan.

“Mening xotinim, mening qaynonam” surati ilk marotaba nemis otkritkasida 1888 yili paydo boʻlgan. Keyinchalik. 1915 yilda karikaturachi rassom Uilyam Eli Hill oʻz talqinini taqdim etdi va bu optik iilyuziyaning mumtoz namunasiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Suratda kimni koʻryapsiz? Eng mashhur optik illyuziyalardan birining siri ochildi