15:05 / 24.09.2018
6 300

Yaqinda Toshkentda bepul gala-konsert boʻlib oʻtadi

Yaqinda Toshkentda bepul gala-konsert boʻlib oʻtadi

Konsert dasturi 29 sentyabr kuni, soat 19:00 da boʻlib oʻtadi. Kirish bepul. Ustoz va murabbiylar bayrami kuni oldidan “Xalqlar Doʻstligi” sanʼat saroyi yonida, bayroq ostida jonli ijroda katta gala-konsert boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

“Bayramni oʻtkazish uchun dam olish kuni – shanbani tanladik. Konsertga tushishga hammaning ham imkoni boʻlmaydi va oʻylaymizki, bu xalqimizga biz tomondan qilingan ajoyib tuhfa boʻladi”, – deb aytadi “Oʻzbekkonsert” vakili.

Konsert xalq sayli tarzida oʻtkazilib, uni tomosha qilish bepul boʻladi.

Taʼkidlanishicha, yoshlar qoʻshiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estrada xonandasi ushbu gala-konsertda ishtirok etish istagini bildirishgan. “Oʻzbekkonsert” xodimi ularning ismini oshkor etishni istamadi. “Bu xalqimiz uchun yaxshi syurpriz boʻlaqolsin”, – dedi u.

Konsert dasturi 29 sentyabr kuni, soat 19:00 da boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yaqinda Toshkentda bepul gala-konsert boʻlib oʻtadi