Bangladeshda daryo paromi ag‘darilishi natijasida 100 kishi bedarak yo‘qoldi

  • 22 fevral 2015, 17:01
  • 10 700
  • Dunyo
  • Bangladeshda daryo paromi ag‘darilishi natijasida 100 kishi bedarak yo‘qoldi

    Bangladeshda halokatga uchragan paromning 30 nafar yo‘lovchisi qutqarib qolindi.

    Russia Today’ning xabar berishicha, 100 nafarga yaqin yo‘lovchi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

    “Qutqaruvchilar 30ga yaqin omon qolgan kishini suvdan olib chiqishdi”, – deya polisiya ma’lumotlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters.

    Hodisa 22 fevral, yakshanba kuni poytaxt Dakkadan 70 kilometr shimolda, Padma daryosida yuz bergan.

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, paromda 150ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

    Avvalroq, 13 fevral kuni Bangladeshda bortida 200 kishi bo‘lgan parom ag‘darilib ketgan edi.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bangladeshda daryo paromi ag‘darilishi natijasida 100 kishi bedarak yo‘qoldi