Poroshenko rafiqasidan o‘zini 23 fevral bilan tabriklamaslikni iltimos qildi

  • 23 fevral 2015, 11:33
  • 4 754
  • Dunyo
  • Poroshenko rafiqasidan o‘zini 23 fevral bilan tabriklamaslikni iltimos qildi

    Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z rafiqasi bilan uni 23 fevral bilan tabriklamaslikka kelishib oldi. Bu haqda Poroshenko o‘zining feysbukdagi sahifasida yozgan.

    Poroshenko 23 fevral bayramini bekor qilib, uning o‘rniga yangi davlat bayrami – “Ukraina himoyachisi kuni”ni ta’sis etdi. Bu bayram har yili 14 oktyabrda nishonlanishi belgilab qo‘yilgan.

    “Ayollarimiz ko‘p yillik odat bo‘yicha bizni tabriklashlarini tushunaman. Bunda har bir kishi o‘zi qaror qabul qilishga haqqi bor. Biroq davlat miqyosida 23 fevral kuni bugundan boshlab boshqa nishonlanmaydi. Men o‘z rafiqam bilan kelishib oldim: u meni endi 23 fevralda emas, balki 14 oktyabrda tabriklaydi. O‘ylaymanki, ko‘pchilik biz tutgan yo‘lga amal qiladi”, deb yozdi Poroshenko.

    21 fevral kuni Lugansk xalq respublikasi rahbari Igor Plotniskiy 23 fevralni Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlash haqidagi buyruqni imzoladi. Bu kun “Donesk xalq respublikasi”da dam olish kuni qilib belgilandi.

    Ma’lumot uchun, 23 fevral – Vatan himoyachilari kuni Rossiya, Belarus, Qirg‘izistonda hanuzgacha bayram sifatida nishonlab kelinadi.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Poroshenko rafiqasidan o‘zini 23 fevral bilan tabriklamaslikni iltimos qildi